Adabiyotshunoslik fanining asosiy va tarkibiy qismlari

Оглавление/Munadarija

Reja

  1. Adabiyotshunoslik fanlari: folklorshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqid.
  2. Adabiyotshunoslikning qo’shimcha sohalari: matnshunos lik, kitobiyot, adabiyot o’qitish uslubiyati, manbashunoslik.

Kirish

Adabiyotshunoslik – keng soha, uning tarixiy rivoji davomida undan maxsus fanlar– folklorshunoslik, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid ajralib chiqqan. Ularning har biri adabiyot hodisalarini o’z predmeti nuqtai-nazaridan o’rganadi va barchasi so’z san’ati xususiyatlarini tekshirgani uchun bir-biri bilan uzviy aloqada bo’ladi, ya’ni bir-birini to’ldiradi, boyitadi, bir-biriga yangilik beradi, xulosalarini asoslaydi va tasdiqlaydi. Pirovard natijada adabiyotshunoslik ilmi yaxlitlilik kasb etadi.

Badiiy adabiyot ikki shakldan iborat: og’zaki (xalq og’zaki ijodi) adabiyot va yozma adabiyot. Ikkalasi ham hayotni badiiy tasvirlash bilan shug’ullanadi, ya’ni bitta vazifani o’taydi. Yozuv paydo bo’lganiga qadar xalq og’zaki ijodi rivojda bo’lgan va u yozma adabiyotning yuzaga kelishiga asos sanaladi. Yozma adabiyotning hamma janrlari ibtidosini, negizini-xalq og’zaki ijodida ko’rish mumkin. Folklor asarlarida xalq ruhiyati, ko’p asrlik ijtimoiy-siyosiy kurash tarixi ifodasini topgan. Xalq hayotining ko’zgusi, ensiklopediyasi, solnomasi sifatida rang-barang boyligi bilan, o’ta ta’sirchan va donolikka o’rangan oddiyligi bilan hamon kishilarni maftun etadi.