Ҳаётнинг ҳужайрасиз шакллари

Odatda hujayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi maxsus oqsil retseptor bilan bog’lanish sodir bo’ladi. Virus bilan bog’langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib vakuolaga aylanad. Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib chiqaradi. Sariq kasalligini qo’zg’atuvchi A va B viruslari faqat jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko’paya oladi. Virus zarrachalarining hujayradan chiqib ketishi “portlash” tarzida ro’y beradi. Natijada hujayra nobud bo’ladi.