Shaxarlar va qishloqlar genetik turlari

Eng qadimgi, eng birinchi shahar zaminimizning qaysi burchagida va qachon vujudga kelganligini biror kishi aniq aytib bera olmaydi. Ammo bundan bir necha ming yil avval shaharlar va ayniqsa, yirik shaharlar bo’lganligi tarixchilar tomonidan e’tirof etilgan. Arxiologlar, tarixchilar ilk shaharlar Nil, Dajla (Tigr) va Furot (Efrat) kabi buyuk daryolar suvi bilan sug’oriladigan serunum Misr vodiysi va Mesopotamiyada vujudga kelganligini aniq-ravshan aytib berganlar. Ammo qadimgi shaharlarning ko’pchiligi vaqt o’tishi bilan siyosiy, iqtisodiy va tabiat ta’asiridan vayronagarchilikka aylanganligi tufayli, ularning o’sha zamonlardagi tashqi ko’rinishi, arxitekturasi aslida qanday qiyofaga ega bo’lganligi, ularda vujudga kelgan tarixiy yodgorliklar, obidalarni qay tarzda bo’lganligini aytib berish mushkul. Lekin saqlanib qolgan manbalar, kitob, risolalar yordamida bu borada ancha-muncha ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Masalan, qator shaharlardagi qurilishlar, turarjoy binolar bir-biriga juda yaqin va zich qilib qurilganligi, ko’chalar topo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Turli davrda qurilgan ko’xna shaharlar o’z davri talablariga mos tarzda bunyod etilgan.