ШукруллоShukrullo

Shukrullo

Шукрулло — литературный псевдоним Шукрулло Юсупова, уроженца махалли Олмазор города Ташкента. Отец Шукрулло — врачеватель Юсуфходжа был известен как в Ташкенте, так и за его пределами. Пьесы Шукрулло показаны на сцене многих театрах России, Украини, Азербайджана, Алматы, Душанбе и др. он автор многих поэм.

Шукрулло «Народный поэт Узбекистана», лауреат Республиканской премии имены Алишера Навои.

Шукрулло окончил педтехникум (1938) и начал педагогическую деятельность в далеком Каракалпакстане. В 1944 году окончил учебу в Ташкентском Пединституте, поступил в аспирантуру СНГУ по специальности зарубежная литература. В 1946 году вступил в ряды союза писателей Узбекистана и польностю занялся творчесской деятельностью.

Первый сборник стихов опубликован в 1949 году.
В 1958 году опубликован однотомник, в 1973 году двухтомник, в 1981 году трехтомник избранных стихотворений поэта. В 1997 году издан сборник пьес «Грабитель ограбил вора», в 1991 году в Москве издан сборник пьес «Крик души».

Шукрулло прозаик. В 1977 году издана книга — эссе «Сундук» драгоценностей, в 1991 году роман «Погребленные без саваны», в 1999 году роман «Живые духи», в 2002 году книга-воспоминании «Фадости тяжких дней». В 1987 году «Художественная литература» (Москва) издаёт «Избранные» Шукрулло.

Пьесы Шукрулло показаны на сцене многих театров России, Украини, Азербайджана, Алматы, Душанбе и др. Он автор многих поэм.
Шукрулло «Народный поэт Узбекистана», лауреат Республиканской премии имены Алишера Навои.

Работы
«Грабитель ограбил вора», «Крик души», «Сундук драгоценностей», «Погребленные без саваны», «Живые духи», «Радости тяжких дней», «Россия», «Рассвет 26-го», «Лети, беркут», «Твои мечты».

Shukrullo

Shukrullo haqida.

Isteʼdodli shoir, nosir va dramaturg Shukrullo (Shukrullo Yusupov). 1921 yilda Toshkentda tugʻilgan. Dastlabki maktab taʼlimini olgach, pedagogika bilim yurtida (1935), soʻngra Toshkent davlat pedagogika institutida oʻqigan.

Shukrullo faoliyati.

U turli gazeta va jurnallarda, adabiy-badiiy nashriyotlarda ishladi, oʻqituvchilik qildi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boʻldi.

Shukrulloning dastlabki sheʼrlari urushdan oldin yaratilgan boʻlsa-da. u 40-yilning oxirlarida ijodning katta yoʻliga chiqib oldi.

Shukrillo she’rlari.

Shukrulloning dastlabki she’rlari urushdan oldin yaratilgan bo‘lsa ham, u ijodning katta yo‘liga 40-yillarning oxirlarida chiqib oldi. Uning birinchi she’ri 1939 yilda dastlabki she’riy to‘plami «Birinchi daftar», «Qalb qo‘shiqlari» esa 1949 yilda nashr etilgan.

Shoir 1948 yilda chop etilgan «Chollar» dostonida yangi yerlarni o‘zlashtirishga kirishgan zamondoshlari obrazini yaratdi.

Keyinchalik yaratilgan «Ikki qoya», «26-tong otari» (1970) kabi dostonlari bilan o‘zbek dostonchilik rivojiga munosib ulush qo‘shdi.

Shukrillo she’riy to’plamlari.

Shukrullo ijodida ma’naviy-axloqiy masalalarni tasvirlash asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan, uning «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson uchun» (1964) kabi she’riy to‘plamlariga kirgan ko‘pchilik she’rlarida insondagi eng muhim ma’naviy-axloqiy fazilatlar ulug‘lanadi, ko‘z-ko‘z qilinadi.

Shuningdek, keyinchalik yaratilgan «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988) kabi she’riy guldastalarida ham hazrati insonga ta’zim bosh o‘rinda turadi.

Ayniqsa, uning «Zarralar» to‘plamidan joy olgan ko‘pchilik ruboiylari inson haqidagi madhiya, inson haqida bitilgan goh mungli, goh shodon qo‘shiqni eslatadi.

Shukrillo dramalari.

Shukrullo dramaturg sifatida ham qalam tebratib keladi. Uning «Xatarli yo‘l», «Tabassum o‘g‘rilari» (1977), «O‘g‘rini qaroqchi urdi» (1984) kabi dramalari Respublika teatrlari sahnalarida namoyish etilgan.

Shukrullo mohir publitsist va nosir sifatida ham keng kitobxonlarga ma’lum. Bu o‘rinda uning adabiy-falsafiy maqolalaridan tashkil topgan «Qasosli dunyo» (1994) kitobini eslash kifoya.

Chunki, undagi publitsistik maqolalari turli yillarda yozilgan bo‘lsa ham, ular zamondoshimiz ma’naviyatini mustahkamlashga xizmat qilishi, uni kamolot sari yetaklashi tabiiydir.

Roman va qissalari, asarlari

Shukrullo — nosir deganda, uning uch asarini eslash yetarli. Biri — «Javohirlar sandig‘i» (1983) qissasi, ikkinchisi — «Kafansiz ko‘milganlar» (1989) xotira-romani, uchinchisi Ubaydulla Xo‘jaev to‘g‘risidagi «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasidir.

Ular ma’lum ma’nodagi avtobiografik asar bo‘lganligidan o‘z ma’no va mazmuniga ko‘ra bir-birini to‘ldiradi.

Bu asarlar inson haqidagi, insonga xos va uni bezab turadigan fazilatlar to‘g‘risidagi fojeaviy qasida deyish mumkin.

Shukrullo bolalar uchun ham asarlar yaratgan. Uning «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) kabi she’riy to‘plamlarida bolalarning takrorlanmas ichki dunyosi, orzu-istaklari, intilish va maqsadlari Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi bilan uyg‘unlashib ketadi. Ularda do‘stlik, ona tabiat tasviri yetakchilik qiladi.

Shukrullo Karlo Gotstsining «Baxtiyor gadolar» pesasi, Sh. Petyofi, T.Shevchenko, Q.Quliev va boshqalar shoirlarning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan.

Shukrullo mukofot va ordenlar.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan

U O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977), Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori.