5-guruh P oila elementlari

V A guruh elementlari qatoriga azot, fosfor, mishyak, surma va vismut kiradi. Bu guruh elementlari atomining tashqi qavatida 5 tadan elektron bor. Ular 3 ta elektron biriktirishi va 5 ta elektron yo’qotishi mumkin. Shuning uchun bu elementlar +5,+3 va -3 oksidlanish darajasini namoyon etadi.