Bog’lam qo’yish

Yumshoq bog‘lamlarga – bintli, kosinkali, yelimli, leykoplastirli bog‘lamlar kiradi. Leykoplastirli yoki yelimli bog‘lam – uncha katta bo‘lmagan jarohatlarga qo‘yiladi (yopishtiriladi). Kosinkali bog‘lam uchun uchburchak shakldagi bog‘lov materiali (surp, doka, ro`mol) ishlatiladi. Bu bog‘lamni boshga, yelkaga, sut bezi sohasiga, qo‘lga va oyoqqa qo‘yiladi.