Bolalar adabiyoti va folklori fanidan bajargan taqdimoti

…Novcha niholcha hamon ajal bilan olishib yotibdi, jang bobokalonlar aytishganidek, beomon, shafqatsiz edi. Birin-ketin yashil bargchalari qoyjirab taslim bo’lishdi, shoxchalaridagi hayot so’ndi. «Tanam tirik hali, — entikib dedi novcha niholcha, — men yashashim kerak, albatta yashayman…» U kimdandir yordam kutgandek jovdirab atrofga qaray boshladi.