Didaktika didaktikaning predmeti va uning vazifalari

Didaktika yunoncha «didaktikos» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’qitish, o’rganish ma’nosini bildiradi. Yaqin va O’rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi mutafakkirlar ilmiy didaktikaga asos solgan bo’lsalar, Amos Komenskiy, shveysariyalik pedagog I. G. Pestalossi, nemis pedagogi A. Disterveglar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.