Fe`l

Forscha fe`llar lug`atlarda har doim masdar shaklida beriladi. Fe`lning bu shakli shaxs, son va zamonni bildirmagani uchun ham fe`lning noaniq shakli deb nomlanadi. Masdar fe`lning otga yaqin shakli bo`lib, ham fe`llik, ham otlik belgilariga ega. Forscha fe`llarning noaniq shakli har doim دن –dan, تن-tan, يدن-idan qo`shimchalari bilan tugallangan bo`ladi.