Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” ta’lim yunalishi bakalavr darajasini olish

Jismoniy tarbiya mutaxassislari atletizm mashg‘ulotlarini о‘tkazishda usul va harakatlarni mashq qildirish vaqtida shug‘ullanuvchilarning yoshiga, jinsiga, vazniga, sog‘ligiga e’tibor berishlari lozim. Atletizm mashg‘ulotlari sog‘lomlashtirishga qaratilgan bо‘lishi shart. Sport jamoalarida shifokorlar, jismoniy tarbiya ustozlari va boshqalar mashg‘ulot о‘tkazish vaqtida shug‘ullanuvchilarni ayniqsa о‘smirlarni qobiliyatini e’tiborga olib qattiq charchatib qо‘ymasdan, zeriktirmasdan shug‘ullantirish lozim. Mashg‘ulot va musobaqalar davomida qatnashuvchilar salomatligiga zarar keltirishi mumkin bо‘lgan harakatlardan saqlanish talab etiladi.