Kashtachilikda chok va bezak buyumlari turlari

Kashtachilik – O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lgan san’at turi hisoblanib, O’rta Osiyoning lirik savdo-hunarmandchilik markazlari va qishloqlariga keng tarqalgan. San’atning ushbu turi o’zining poetik rang – barangligini saqlab qolishi bilan birga, xalq orasida qadrlanib, o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan, oltita hududiy guruhlarga, ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablaridir.