O‘quvchilar nutqini shakllantirishda bayonning tutgan o‘rni

O‘zbek maktablarida ona tili ta’limi konsepsiyasi” ning bosh maqsadiga ko‘ra, ona tili mashg‘ulotlari ta’lim oluvchida ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘liq, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmog‘i kerak, Bu muhim vazifani bajarishda ona tili ta’limi jarayonida tashkil etiladigan turli yozma ishlar, xususan, bayonning o‘ziga xos o‘rni bor.