Rasmiy ish hujjatlari tahlili

Rasmiy uslub rasmiy ish qog’ozlari – hujjatlarni yuritish yo’llarini o’rgatuvchi nutq uslubidir. Hujjatshunoslik davlatchilik bilan bog’liq bo’lib, uning ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Har bir davlatning hujjatlari uning davlat tilida yoziladi. Hujjatlarni to’g’ri va bexato yozish insonning savodxonligi va yozma nutq madaniyati ko’rsatkichidir.