«Sakkokiy ijodi va uni maktabda o’rganish metodikasi».

Mavlono Sakkokiy hayoti va adabiy merosi xususida so’z yuritish, uning g’azallari hamda qasidalarini baholash, ularni maktab adabiy ta’limida o’rganish yuzasidan mulohazalarni bayon etish ishning maqsadini belgilaydi va ushbu vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi: Sakkokiy hayot yo’li va uning o’zbek adabiyoti tarixidagi mavqeini aniqlab olish va shular orqali adib faoliyatiga baho berish; Sakkokiyning adabiy merosiga umumiy tavsif berish va bu bilan shoirdan bizgacha yetib kelgan devonni tavsiflash. Mazkur devonning Navoiy davri shoirlarining devonlariga o’xshash va ulardan farqli jihatlari – kamchiliklari to’g’risida so’z yuritish;