Xarakter va shaxs

Xarakter – shaxsdagi shunday psixologik, subyektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o’z- o’ziga munosabatini ifodalaydi Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so’zi eng ko’p ishlatiladigan so’zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo’lsak, ishlatamiz. Bu so’zning ma’nosini olimlar «bosilgan tamg’a» deb ham izoxlashadi. Tamg’alik alomatlari nimada ifodalanadi o’zi?Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta’biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o’rganish katta ahamiyatga ega. Munosabatlarning xarakterdagi o’rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentni ajaratadi: