Юрт эъзозлаган шоира

O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.  Shoira Xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig’i,  1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi.