Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik ta’lim

Hozirgi sharoitda insonga ijtimoiy muhit ko‘rsatayogan ta’sirini quyidagicha tasnif etish mumkin: Birinchidan, har bir insonga bo‘lgan global ta’sir, ya’ni radio, televidenie, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashinuvi; Ikkinchidan, mamalkat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta’sir insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to hayotdan ko‘z yumgunigacha o‘z orbitasida tutib turadi; Uchinchidan, insonni avval boshidan o‘rab turgan mikromuhit – oila, maktab, ko‘cha va hokazolar o‘z ta’siriga oladi.