8-dekabr. Konstitutsiya kuniga she’rlar va senariylar to’plami.

konstitutsiya-kuniga-sherlar8-dekabr. Konstitutsiya kuniga sherlar va senariylar to’plami.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekbar kuni qabul qilingan. Ushbu konstitutsiya kuni uchun ajoyib sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.

Konstitutsiya 10 ta senariylar >>

Konstitutsiya – eng oily hakam

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

Konstitutsiya kuniga senariylar to’plami >>

Konstitutsiya inson xizmatida

Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.

Konstitutsiya kuniga senariylar to’plami >>

Nodir qomusimiz

Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

Oddiylik – adolatdir

Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.

Konstitutsiya bayramiga she’rlar: Qomusimni kuylayman

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!

Zilola – Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Adolatdan, ezgulikdan kuylayman.

 

Bosh qomusim

Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!

Har bir bola huquqi

Ulg`ayaman qo`lda kitob ,
Yo`l olaman maktabga
Har bolaning huquqi bor,
Maktabda o`qimoqqa .

Elimning qomusi

– Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim – Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman