Munadarija
Erkin Vohidovning tarjimai holi.
Erkin Vohidov 1936 yilning 28 dekabrida Fargona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida dunyoga kelgan. Ularning oilasi 1945 yilda Toshkentga ko‘chib kelgach, bo‘lgusi shoir shu yerda o‘rta ma’lumot oladi.
1960 yilga kelib, u Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetini tugatadi, so‘ngra turli nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960—1963, 1975—1982), so‘ng G’afur G’ulom nashriyotida (1963—1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. Ayni chog’da «Yoshlik» oynomasiga boshchilik ham qiladi. U KPSS safida bo‘lgan va keyinchalik undan voz kechgan. Hozirgi kunda esa u O’zbekiston Respublikasi xalq noibi sifatida Oliy Kengash rayosati Oshkoralik qo‘mitasi rahbaridir.
U Respublika adiblar ittifoqi boshligi hamdir. U adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga o‘sha o‘rta maktab quchogidaligidayoq o‘zining beg’ubor, mazmundor she’rlari bilan kirib kelgan. Shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiy to‘garaklarda pishgan, chiniqqan.
Erkin Vohidovning she’riy to’plami.
Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda «Tong nafasi» nomi bilan bosilib chiqqan edi. Shundan buyon shoirning o‘ttizdan ortiq she’riy majmualari o‘z o‘quvchisiga yetib borgan. Jumladan, shoirning «Qo‘shiqlarim sizga” (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Nido» (1965), «Lirika» (1965), «Palatkada yozilgan doston» (1967), «Yoshlik devoni» (1969), «Charog‘bon» (1970), «Dostonlar» (1973), «Xrzirgi yoshlar” (1971), «Muhabbat», «Tirik sayyoralar» (1980) kabv she’riy guldastalari va dostonlari o‘z kitobxoniga manzur bo‘ladi.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, shoir she’riyati o‘zining ikki muhim xususiyati bilap o‘zga tengdosh shoirlar ijodidan farqlanib turadi. Avvalo, Erkin Vohidov — shoir deganda klassik adabiyotimizning ming yillik go‘zal va boy an’analarini hozirya davrda yangi pog‘onaga ko‘tarayotgan falsafiy shoir ko’z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Qolaversa, inson va jamiyat muammosi shoir she’riyatining bosh o‘zagini tashkil etadi. U xoh tabiat haqida, xoh muhabbat haqida, xoh paxta va paxtakor haqida, xoh xorijiy mavzuda bo‘ladimi hamma-hamma o‘rinda jamiyat taqdiri, inson kelajagi haqida o‘zining falsafiy mushohadalarini o‘rtaga qo‘yadi. Shoir «Inson» she’rida:
Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing
Mulki olam ichra bir hoqon o‘zing, sulton o‘zing,—
degan xulosaga kelishi ham fikrimizning dalili desa bo‘ladi.
E.Vohidov Hajviy she’rlari.
U faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar muallifi hamdir. Uning «Manfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Majlis qiling», «Donish qishloq latifalari» kabi she’rlarida ham kamoli inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qator ajoyib dramatik dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, uning «Ruhlar isyoni», «Istambul fojeasi» kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi, o‘tkir dramatik xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Ayni chog‘da u mohir dramaturg hamdir. Uning «Oltin devor» asari ko‘p yillardan buyon Hamza nomli teatr sahnasidan tushmay kelishi ham shundandir.
Erkin Vohidov Tarjimalari hamda mukofotlari.
U otashin publitsist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning «Shoiru, she’ru, shuur» kitobi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga u mohir tarjimon sifatida S. Yesenin, L. Ukrainka, M. Svetlov, A. Blok, R. Hamzatov, S. Kaputikyan kabi iste’dodli shoirlarning she’rlarini o‘z ona tilida so‘zlata oldi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening «Faust» asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi.
Adabiyot oldidagi ana shu xizmatlari uchun u O’zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi.