Navro’z bayrami 21-mart sherlar va ssenariylar to’plami

Navro’z bayrami 21-mart sherlari va ssenariylar to’plamini haqida ushbu maqolada taqdim etiladi. Sherlar va ssenariylar to’plamini turli xil variantlar va sayllarda keng ommachilik bazmlarda ko’rsatish.

Navro'zjon sheriTarixing ta’rifing dillarda doston,
Quyosb charaqlaydi moviydir osmon.
Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon
Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

Bir yon katta kurashBir yon kop qori,Askiya aytishuv o’lanlar bari Sevinchbag’ishlaydi keksayu-yoshga Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa.

21-mart ssenariylari

8 mart sherlar

Navro'zi olam

Aylabon lutf-u karam,
Navro’zi olam keldilar.
O’smadan qo’shi qalam,
Navro’zi olam keldilar.

Bir ajib uning uyg’otib,
Irmoqlarning xonishi.
Kuylashib savtu ajam,
Navro’zi olam keldilar.

Navro’z keldi.

Baxor keldi gul ochildi
Nur sochildi borlikka
Ox kandayin uyin kulgu
Yurak tufli shodlika

Koyga boksang bir guzallik
Kuk shoxiga uragan
Kir adirlar yon bagriga
Kirmiz gilam tushalgan.

21-mart ssenariylari

Tingla Bahor.

Tingla BahorQushchalarning sayrog’i,
Maysalarning bayrog’i
Menga bunda tanishdir,
Dilda madhi xonishdir.
To’lg’anadi dalalar,
Cho’g’lanadi lolalar.
Qaldirg’ichlar saflanar,
Ko’kda quyosh taftlanar.
Nurga to’lar hovuchim,
Tingla bahor, tovushim!

8-mart sherlar

Vatanim, Navro’zing muborak!

Vatanim, Navro'zing muborak! navro'z sherlar
navro’z sherlar

Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing,
Birdek aziz menga yozing, ham kuzing.
Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman,
Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing.

Boshingda hurriyat quyoshing bordir,
O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir.
Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir,
Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing.Navro’z sherlar.

21-mart Bugun shodiyona.

navro'z sherlar

Bugun shodiyona Navro’zi olam,
Orziqib kutilgan navbahor to’yi!
Assalom yangi yil! Assalom bayram!
Senga atalgusi yuraklar kuyi.

Navro’z muborak — sherlar.

Bodom gulin toʼkar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Аzizlarim Navruz muborak.

Аtlas koʼylak yarashgan qizlar,
Bir biriga aytishar tilak.
Аxir shu kun kutganmiz bizlar,
Аzizlarim Navruz muborak.

Shodligim hech ichimga sigʼmay,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Аzizlarim Navruz muborak.

Qozonlarda qaynar sumalak.
Koʼchalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirgʼoch ham kelibdi qarang,
Аzizlarim Navruz muborak.

Yashayabmiz goʼzal boʼstonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navruz Oʼzbekistonda,
Аzizlarim Navruz muborak.

21-mart ssenariylari

Navro’z bayram muborak.

Tabiat yaratgan Baxor uzingiz,
Oila bogʻida gulzor uzingiz,
Jannatda nurlar taralgan ifor uzingiz,
Bugun poyongizda zaminu falak,
Navroʻz bayram muborak.

Kelmoqda Navro’z  sherlar.

Kelyapti Navro'zSoginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelyapti Navro’z

Ushbu xaqida sherlar quvnoqbola.com saytidan olindi.