Tamara Xonum hayoti va ijodi, raqslari

Tamara XonumTamara Xonum tarjimai holi, hayoti va ijod yo’li haqida to’liq ma’lumotlar. Uning turli xildagi kliplar va musiqalardagi ijodi.

Tamara Xonum yutuqlari.

Tamara Xonim (haqiqiy ismi — Tamara Artyomovna Petrosyan) — raqqosa, xonanda, baletmeyster. SSSR xalq artisti (1956). Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1941). Tamara Xonimni “sharq Aysadora Dunkani”deb nomlashgan. Britaniya malikasining shaxsan o‘zi atoqli artistga san’at qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofot topshirgan.

Televideniye va musiqiy kliplar davridan avval O‘rta Osiyoga xos etnik mega-yulduz bo‘lgan. Uni musiqiy namoyishlarda tinglash va ko‘rish mumkin bo‘lgan.

Ushbu mashhur ayolning taqdiri tom ma’noda Shumshuk qiznikiga o‘xshashdir. U butun dunyoga shuhrat qozonishdan avval ochlik va kambag‘allikni boshdan kechirgan. Uning ismi nafaqat Sovet Ittifoqi bo‘ylab, balki undan tashqarida ham shov-shuvga sabab bo‘lgan. Asli o‘zbek shaharchasidan bo‘lgan bu arman qizining shuhrat qozonishida, shubhasiz uning aniq maqsad sari intilishi, mehnatkashligi va noyob badiiy mahorati qo‘l kelgan.

Tamara Xonum tarjimai holi.

Tamara Xonim 1906 yil 29 mart kuni Turkiston o‘lkasining Gorchakovo bekatiga (hozirgi Marg‘ilon shahri) surgun qilingan Anna va Artyom Petrosyanlarning kamsuqum oilasida dunyoga kelgan. O‘zbek mahallada ulg‘ayib, qizaloq qoshi-ko‘zi qora sho‘x-shodon mahalliy bolakaylardan qolishmadi. Mahallada daydi artistlar truppasi paydo bo‘lgach, barcha tamoshaga yugurardi. Tamarani ko‘zboylag‘ichlar, dorbozlar va raqqoslar o‘ziga sehrlab qo‘ydi. Uyda u ko‘rgan harakatlarini beixtiyor takrorlardi. Borgan sayin uning harakatlari ildamroq bo‘lib, olti yoshga kirib, qizaloq yaqinlarini qarshisida raqsga tushib, tahsinlarga sazovor bo‘lgan.

Boshqa arboblar

“Mana, ko‘rasiz, u hali Parijda raqsga tushadi!” — deya g‘ururlanib qayd etgan onasi va atrofdagilarga kulgu bo‘lgan. Ammo Parijdagi tantanali chiqishi yosh raqqosaning shukuhli mavqe’iga ibtido bo‘ldi.

Ayol sahnadami? Uzoq o‘tmishda musulmonlar Sharqida bu holat aql bovar qilmas hodisa bo‘lgan. Turkiston urf-odatlariga ko‘ra, ayollar turmush qurgach, uy-yumushlari bilan band bo‘lib qolavurgan, tana va yuzi esa paranja va uzun ko‘ylak ortiga berkitilgan. Tamara voyaga yetgani sari ota-onasiga atrofdigalar qizining  noma’qul intizomi haqida gapirishgan — axir, qizaloq o‘zining sevimli mashhuloti bo‘lmish raqsni tashlash niyati ham bo‘lmagan. Otasiga esa qo‘rs farzandini tiyib olmasa, jazolashlarini aytib, tahdid qilishgan.

Ammo, bir voqea barchasini hal qilgan… Gorchakova bekatiga Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligidagi “Vostok” (“Sharq”) tashviqot poyezdi kelib to‘xtagan. Sovet hukumatining ilk yillari xalq orasida ma’naviyatni kuchaytirish masalasi juda keng tarqalgan. Kimdur Hamzaga juda iqtidorli qizaloq haqida gapirib bergan va bu uning taqdirini o‘zgartirib yuborgan: 1918 yil Tamara ilk bor haqiqiy sahnaga chiqqan.

Uning yoshi 12 da bo‘lishiga qaramay, qolganlar bilan tengma-teng ishtirok etgan. Havaskor konsertlardagi yosh raqqosaning ishtiroki keskin ajralib turardi, u hanuz omma oldida raqsga tushuvchi yagona ayol kishi bo‘lgan, ustiga-ustak, yuzi ochiq holda sahnaga chiqqan. Tamaraga nistaban taqdidlar davom etardi va ota-onasi uni falokatlardan yiroq qilish maqsadida Toshkentga jo‘natishadi. 1922 yil qizaloq Toshkent balet truppasi o‘quvchisiga aylanadi va Abror Hidoyatov, Yatim Bobojonov, Ali Arodobus Ibrohimov kabi birinchi o‘zbek artistlari rahbarlik qilgan yuqori mahoratli konsert guruhlarida raqsga tusha boshlaydi. Afsuski, uning “beadab” tarbiyasi haqidagi gap-so‘zlar ona qishlog‘igacha yetib boradi va mahalliy din ishqivozlari uning otasini vahshiyona o‘ldirishadi. Onasi farzandlari bilan yolg‘iz qoladi va Tamara namoyishlardan ishlagan ulushini yaqinlarining non-choyi uchun yuboradi.

Tamara Xonim muzeyi

Tamara Xonim muzeyi 1994 yil ochilgan. Unda yashash xonalarining interyeri, liboslar, plastinkaga yozib qolingan qo‘shiqlar, ajoyib kartinalar jamlanmasi, fotosuratlar va taniqli artistlarning qo‘l yozmalari saqlanib qolgan. Ular orasida nashrdan chiqmagan xotiralari, shuningdek, yoshi ulug‘lik davrida yozilgan she’rlari ham bor. Ulardan birida Tamara Xonim Umar Hayyomning satrlaridan foydalanib, “Taqdir senga bergani keldi, endi chetlab va olib qo‘ymay ketmaydi…” deyilgan.

manba