Texnikum dtm ruxsatnomasini yuklab olish. ruxsatnoma.dtm.uz saytidan yuklab olish yo’riqnomasi

Texnikum dtm ruxsatnomasini yuklab olish. ruxsatnoma.dtm.uz saytidan yuklab olish yo’riqnomasi.

⚡️ Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 12-noyabrdan 17-noyabrga qadar 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;

2️⃣-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fandan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 20 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, mutaxassislik fanlari bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,15 balldan (jami 126 ball), majburiy fanlar bo‘yicha esa 2,1 balldan (jami 63 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

❕ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.