Munadarija
25-may so’ngi qo’ng’iroq sherlar to’plami. 25-may so’ngi qo’ng’iroq ssenariysi, 25-may so’ngi qo’ng’iroq barcha foydali ma’lumotlar.
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq
So’nggi qo’ng’iroq.
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi,
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar,
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar,
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa endi,
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq»,
Nelar kutmoqda bizlarni hali,
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Nahot tark etmoqda sho’xlik davrimiz,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Tavsiya etamiz : 25-may ssenariylar
Do’stlarim
Mana vaqt o’tib ketganini bilmay qolibmiz
O’n birinchi sinfga ham kelib qolibmiz
Kechagina maktabga ilk bor qadam qo’ygandik
O’sha kunlarni ham qadriga yetmadik
Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli bo’ldi
Men uchun esa qochgan darslarim armon bo’ldi
Bu kunlarni hech qachon unutmiman
So’ngi yillarni o’tishini istamiman
Bularni bari endi kech
Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech
Men uchun vaqt o’tishi bo’ldi birpasta
Negadir yuragim ham bo’lgandi hasta
Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim
Yana kimlarnidir behuda ranjitdim
Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda
Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda
Qizlarni ko’zidan asta yosh yumalar
Bollarni esa jiddiylik qamrab olar
Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni
Ancha yillar o’tsa ham unutmayman sinfdoshlarni
Sinfdoshlar bilan zora ahil bo’lib
So’ngi yilni urush janjalsiz o’tkazsak
Ahir bir birimizga g’animat bo’lsak
Endi bir birimizni birdek ko’raylik
Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!
Tavsiya etamiz : 25-may sherlar 2
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq
To‘xtab qolsin soat millari,
Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ortda qolar sho‘xlik yillari,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Naxot boshqa, boshqa yo‘limiz,
Xomush tortib yig‘lar dilimiz.
Ketar chog‘i ortda ko‘zimiz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e‘zoz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sho‘xliklar qilardim hammadan ko‘proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek o‘tgan damlarim,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar o‘tdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Yangi hayot yangi yo‘llarga,
Qadam qo‘ydik boshqa yo‘llarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Tavsiya etamiz : 25-may ssenariylar
Xayr maktabim
Bahorning so’nggi kunlari,
Tugar bolalik chog’lari.
Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,
Xayr maktabim,
Xayr do’stlarim, sho’xligim.
[Setanho (Setora) guruhi]
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bag’ringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yo’l tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x2)
[Ravshan Sobirov]
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuyg’ularga,
Faqat bugun men shuni bildim,
Qanchalik jonim,
Sen kerakliging menga.
[Setanho (Setora) guruhi]
Yodimda sen yozgan maktub,
Beg’ubor sevgi izhori.
Qaytgim kelar o’sha kunlarga,
Bolaligimga,
Sen bilan birga maktabga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x4)
Xayr maktabim…
Tavsiya etamiz : 25-may sherlar 2