Примечание для соискателейAbituriyentlarga eslatma

Abituriyent huquqlari

Права заявителя

Претендент сдаст экзамен в дату и время, указанные в разрешении. Права абитуриента во время тестирования:

Их обязанности

В день тестирования соискателю будет разрешен вход в здание до 07:00 (вторая смена в 13:00) и в здание до 07:30 (вторая смена в 13:30) только при наличии разрешения и паспорта заявителя. в первую смену с 07:30 до 08:00, во вторую смену с 14:30 до 15:00, во вторую смену с 14:30 до 15:00:

проверьте соответствие тестового буклета и соответствующих номеров листов ответов; проверить тестовые материалы на предмет дефектов и немедленно уведомить руководителя группы при обнаружении дефектов; убедитесь, что бланк ответов заполнен правильно; напишите и подпишите фамилию, имя, отчество в соответствующем месте на обложке контрольной тетради и на листе ответов; скопируйте номер листа ответов и подпишите его в соответствующем месте на разрешении и титульном листе заявителя; Скопируйте специальный код на титульном листе и код учебного заведения в нужное место на листе ответов и закройте соответствующие кружки.

 

Abituriyent huquqlari

Abituriyent huquqlari

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Test sinovlari jarayonida abituriyent huquqlari :

Ularning majburiyatlari

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abiturient ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

  • test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;
  • test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
  • javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
  • test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;
  • javoblar varaqasi raqamini abiturient ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish;
  • titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bo‘yash.

Javobgarligi

Abituriyent yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

  • Abituriyent javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
  • javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
  • javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
  • belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.

Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «V», «S», «D») muqobil javoblar beriladi.

Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).

Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abiturientlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Abituriyent Test sinovlari jarayonidan chetlashtirish

  • test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalьkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompьyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
  • Abituriyent test materiallarini boshqa abiturientga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
  • Abituriyent test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa, test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
  • test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

Barcha abituriyent o’zlarining huquq va majburiyatlarini bilishilari shart!