Будьте осторожны, соискатель!Ehtiyot bo‘ling Abituriyent!

Оглавление/Munadarija

Будьте внимательны при вводе сертификатов!
✅ Тесты (профессиональный (творческий) экзамен в соответствии с Постановлением Кабинета Министров от 13 мая 2019 г. № 395 «О мерах по внедрению сертификатов национальных и международных систем оценивания при приеме в высшие учебные заведения») ) Для всех степеней бакалавра, включенных в предмет иностранного языка, абитуриенты с сертификатом о знании языка по национальной или международной экзаменационной системе B2 и выше получают максимальный балл без экзаменов по этому предмету.
??‍? Кандидаты с сертификатом на иностранном языке вводят систему, в которой был выдан сертификат, тип сертификата, уровень владения языком, серию и номер документа, дату выдачи сертификата и изображение сертификата.
❕Вся эта информация очень важна при проверке сертификатов.
? Действительность этих сертификатов проверяется и утверждается Государственным испытательным центром.
? Поэтому мы просим соискателей быть внимательными при вводе этой информации и вводить ее правильно.

Sertifikatlarni kiritishda e’tiborli bo‘ling!

✅ Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikat ga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

??‍? Chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat qaysi chet tilidan berilganligi, sertifikat turi, tilni bilish darajasi, hujjat seriyasi va raqami, sertifikat berilgan sana va sertifikat rasmini tizimga kiritadi.

❕Mazkur ma’lumotlarni barchasi sertifikatlarni tekshirishda juda muhim.

? Davlat test markazi tomonidan ushbu sertifikatlarning haqiqiyligi tekshiriladi va tasdiqlanadi.

 

? Shuning uchun abituriyentlardan mazkur ma’lumotlarni kiritishda e’tiborli bo‘lishlarini va ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.

 

✅ Hozirga qadar Davlat test markazi tomonidan tekshirilgan 726 ta chet tili sertifikatlaridan 73 tasi noto‘g‘ri kiritilganligi aniqlandi. Jumladan:

  • ingliz tilidan – 33 ta;
  • koreys tilidan – 22 ta;
  • xitoy tilidan – 17 ta;
  • arab tilidan – 1 ta;

✅ Kuzatilayotgan holatlar:

  • imtiyoz berish uchun asos bo‘lmaydigan sertifikatlarni kiritish (o‘quv markazlari tomonidan berilgan yoki xalqaro bo‘lmagan sertifikatlar);
  • tilni bilish darajasini oshirib ko‘rsatish (B1 darajadagi sertifikatni B2 sifatida kiritish);
  • sertifikat seriyasi va raqamini to‘liq kiritmaslik yoki noto‘g‘ri kiritish;
  • amal qilish muddati tugagan sertifikatlarni kiritish;
  • sertifikat rasmini xato yuklash (boshqa rasm);
  • boshqa holatlar.

❗️Eslatib o‘tish lozimki, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga binoan, abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.