Как узнать результаты конкурсаTanlov natijalarini qanday bilish mumkin

Test natijalari

Итоги конкурса вступительных экзаменов в бакалавриат высших учебных заведений на 2020-2021 учебный год будут объявлены 25 сентября в 15:00 на официальном сайте Государственного центра тестирования.

❗️❗️❗️ Результаты доступны на сайте mandat.dtm.uz

Известно, что на 2020-2021 учебный год проводились вступительные экзамены на программы бакалавриата высших учебных заведений, а баллы поступающих на тестовых экзаменах были объявлены на следующий день после тестирования.

В настоящее время все претенденты ждут объявления окончательных результатов, и в Государственный центр тестирования поступает много вопросов о том, как узнать результаты конкурса. После объявления окончательных результатов теста результаты будут доступны 3 различными способами.


1. Через личный кабинет поступающего:

На официальном сайте Государственного центра тестирования есть личный кабинет каждого абитуриента, и соискатели могут узнать результаты конкурса через личный кабинет (abitur.dtm.uz).


2. Через службу SMS-оповещений:

Претенденты также могут узнать результаты конкурса, отправив ID заявителя на номер 5100. В этом случае SMS-уведомление об итогах конкурса будет отправлено на номер телефона, на который было отправлено SMS (доступна плата за услугу).


3. Через аккаунт результатов тестирования:

Отчет о результатах тестирования также будет предоставлен в высшие учебные заведения.

 

Test natijalari

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 25-sentabr kuni 15:00 da Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

❗️❗️❗️ Natijalarni mandat.dtm.uz saytidan bilib olishlari mumkin.

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.


1. Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.


2. SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin.

Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


3. Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


Test sinovlariga oid rasmiy xabarlarni Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va telegram kanalida kuzatib boring.

Davlat test markazi matbuot xizmati