Установлен порядок приема женщин в высшие учебные заведения на основе дополнительных стипендий.Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi belgilandi

Xotin qizlar uchun davlat granti

О Хартии

Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан No 402 от 23 июня 2020 г. Устав утвержден.

Критерии для рекомендаций женщинам

В соответствии с Уставом рекомендации выдаются на основании одного из следующих критериев: женщины из малообеспеченных семей;

женщины, выросшие в неполной семье, т. е. в семье, родитель которой умер;

Дочери одиноких женщин (мужчин), воспитывающих двоих и более детей в возрасте до 14 лет и проживающих отдельно от других родственников; семьи, не имеющие собственного жилья и проживающие в съемном жилье;

один или оба родителя не имеют работы и зарегистрированы в центрах занятости как ищущие работу;

женщины из семей с детьми-инвалидами; девушки с высшим образованием в районах с уровнем образования в два и более раза ниже среднего по стране, а также девушки из семей, проживающих в отдаленных и труднодоступных районах (3 при условии, что годы эксплуатации).

 

Xotin qizlar uchun davlat granti

Nizom haqida

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish mezonlar

✅ Nizomga muvofiq, tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

  • kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;
  • shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;
  • oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

 

Tavsiyanomalarni Xotin-qizlarga berish tartibi

Tavsiyanoma olish tartibi:

  • Har yili fevral oyida xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish bo‘yicha ishchi guruhi tuziladi.
  • Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10-mayga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalariga taqdim etadi.
  • Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan xotin-qizlarning ro‘yxati har yili 15-iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Bilib oling!

❕Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.