✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi. Abituriyent test sinovida ishtirok etadi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- 🇺🇿O‘zbek tili — 828 699 nafar;
- 🇷🇺Rus tili — 88 830 nafar;
- Qoraqalpoq tili — 28 718 nafar;
- Boshqa tillar — 2 239 nafar.
👨🏻💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
- Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
- Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
- Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.
📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
- Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
- Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
- Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
- Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
- Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar. abituriyent test sinovida ishtirok etadi.