Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 30-mart 18-aprel.
✅ 2024-yil 30-martdan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” (https://my.gov.uz/oz/request) bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (26-28-aprel) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin (https://t.me/BaholashUz/4642).