Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi 2023

✅ 2023-yil 17-23-iyul kunlari 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishlari mumkin.

🖥 Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va OTMlarga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan. chet tilidan ijodiy imtihon natijalari

Ruxsatnomani olish

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31-iyul va 1-avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

📆 Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.uzbmb.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Javoblar varaqasi 2023