Joriy yilda jami 8 ta OTMda 83 ta yo’nalishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.
‼️ESLATMA: ushbu yo’nalishlar uchun hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Boshqa yo’nalishlarda qabul 20-iyulgacha davom etadi.
Shuningdek, chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi. Boshqa OTMlardagi yo’nalishlarni tanlab bo’lmaydi (chunki ularda chet tilidan test bo’ladi, bularda esa kasbiy (ijodiy) imtihon).
Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yuqoridagi ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.