20 ballik ma’lumotnoma berish tartibi bekor qilindi

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma’lumotnoma berish tartibi bekor qilindi

Ma’lumki, ilgari attestatsiyaga jalb qilinadigan o‘qituvchilar faoliyati birinchi bosqichda ta’lim muassasasining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganilib,  20 ballik tizimda baholanib, ularga ma’lumotnoma berilardi.

Bu ma’lumotnoma esa o’qutuvchilarga attestatsiya test natijalaridan tashqari 20 ballgacha yig’ib olish imkonini berardi.

Ikkinchi bosqichda esa o‘qituvchining bilimlari test orqali 80 ballik tizimda baholanib, ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo’lardi.

Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibiga ko’ra, endi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun ta’lim tashkilotidan 20 ballik ma’lumotnoma berilmaydigan bo’ldi.

Endi pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

❕Shunda ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo’ladi.

Ma’lumot uchun: Pedagoglar faoliyatini 20 ballik tizimda baholab, ularga ma’lumotnoma berish tartibi faqatgina o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti pedagog kadrlari uchun saqlanib qoldi.

Tavsiya etamiz: 3 yillik malaka shakli belgilandi