Munadarija
Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish va murojaat yuborish 15 yanvardan boshlanadi.
Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining joriy yilgi attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari 2024 yil 15 yanvardan boshlanadi. Ushbu toifadagi pedagoglar joriy yil yanvar-iyun oylarida o’tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 15 yanvardan 1 martga qadar ro’yxatdan o’tishi va murojaat yuborishi mumkin.
Tavsiya etamiz : 3-yillik malaka bali haqida
❗️Buning uchun pedagoglar Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali:
- Nizomda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishi va murojaat yuborishi;
- shaxsiy kabineti orqali malaka sinovi o’tgan kunning o’zidayoq attestasiya natijalari bilan tanishishi;
- attestasiya yakunida pedagoglarga beriladigan QR-kod qo’yilgan elektron shakldagi sertifikatlarni yuklab olishi mumkin.
- Mazkur platformani hozirgi kunda tegishli vazirlik va idorlarning elektron tizimlari bilan integrasiya qilish ishlari yakunlanmoqda.
Dekret ta’tilidagi pedagoglar ham attestatsiyada ishtirok eta oladimi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 yildagi 572-son qarori bilan attestatsiya nizomi tasdiqlangan. Oldingi tartibga ko’ra, pedagog maktabdan 20 ballik ma’lumotnoma olishi talab etilar edi. Bu ma’lumotnoma pedagogning oxirgi 6 oydagi qilgan ishlari bo’yicha berilar edi. Shu sabab dekretdagi pedagoglarga oxirgi 6 oyda ishlamagansan deb maktab tomonidan ma’lumotnoma berilmas edi. Yaqinda nizomga kiritilgan o’zgartirishga ko’ra, maktabdan olinadigan ma’lumotnoma bekor qilindi.
Endilikda dekretdan turib NAVBATDAN TASHQARI attestatsiya imtihoniga ariza topshriishda pedagoglarga hech qanday cheklov yo’q.
Tavsiya etamiz : 3-yillik malaka bali haqida