Kuzgi attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish 2024

Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi.

Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida o’tkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar ro’yxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

Attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tish

Murojaatlar:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz  platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 

➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.