Munadarija
Ushbu maqolada Aptist haqida to’liq yozib chiqamiz.
Aptis testi o’zi nima?
O‘qituvchilar uchun Aptis testi – Britaniya Kengashi tomonidan o‘tkaziladigan malaka testi hisoblanadi. O’zbekistonda Davlat test markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o’tkazadi.
Nechta imtihon topshiriladi ?
- Listening
- Reading
- Lexical and Grammar competence
- Writing
- Speaking
Shu 5 ta bosqichning barchasi Aptis testida topshiriladi. Hammasi kompyuterda toshiriladi.
Natijalar qachon chiqadi?
Natijalar 72 soatda chiqadi.
Kimlarga mo‘ljallangan?
Ushbu test har oyda asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda ustama puli olishni istagan ingliz tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Ushbu sertifikatni olsangiz 50% ustama qo’shib beriladi. 🙂 Aptis testi zo’r test deyishadi.
Aptis testining namunalari yuklab olish
Amal qilish muddati necha yil?
2 yil amal qilish muddati.
Aptis afzalliklari:
- British Council bilan hamkorlikda tashkil etilgan
- Javoblari 72 soatdayoq chiqadi
- C daraja olinganda 50 foiz ustama beradi
- Aptist testi Har oy o’tkaziladi
- Bilimingiz yetgan daraja beriladi (B1, B2 yoki C)
- Standartlarga mos tashkil etilgan
- Malaka oshirish talab qilmaydi
Kamchiliklari:
- Aptis testining Narxi daraja aniqlash testidan bir muncha qimmatroq (675 000so’m)
- Kompyuterda bo’ladi (Kompyuterni yaxshi bilmaganlar uchun noqulay)
- Imtihon o’tkaziladigan viloyatlar oldindan ma’lum emas
- Faqat ingliz tili o’qituvchilari uchun
Testni kim baholaydi?
Testning taqdim etilgan javoblari “Global British Council” baholash guruhi tomonidan baholanadi.
Natijalar qachon e’lon qilinadi?
Test natijalari test o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida shaxsiy kabinetda e’lon qilinadi.
Test qanday o‘tkaziladi?
“O‘qituvchilar uchun Aptis” testi Davlat test markazi tomonidan kompyuterda o‘tkaziladi.
Ushbu testga siz ham topshirib ko’ring. Biz sizga omad tilaymiz. Va o’ylaymizki siz albatta yaxshi tayyorlanib ushbu testdan ham yuqori natijalarni ko’rsatasiz.
Ushbu test uchun ro’yxatdan o’tish my.dtm.uz saytidan o’tiladi.