Munadarija
Chet tilidan malaka oshirish kursi.
“Chet tilidan yozish (writing) va gapirish (speaking) ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 9-12-noyabr kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
![]() |
Chet tili sertifikatlarni olish >> |
⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markazi Ilmiy-o’quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
![]() |
Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi bo‘yicha o‘quv kurs |
👨🏻💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 7-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (300 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72