Cefr haqida ma’lumot

cefr haqida to'liq ma'lumotlar

O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.

Mazkur test topshiriqlari formatining maqsadi chet tilini bilishning B1, B2 va C1 darajalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan test variantlari tarkibi va unga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iborat.

Mazkur hujjatga aprobatsiyalar natijasida qo‘shimchalar, o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritilishi mumkin.

QAMRAB OLINADIGAN BO’LIMLAR

Imtihon 3 soat davom etadi va quyidagi bo‘limlardan iborat:

1-bo‘lim: Tinglab tushunish (45 daqiqa / 6 qism / 35 savol)

2-bo‘lim: O‘qish (60 daqiqa / 5 qism / 35 savol)

3-bo‘lim: Yozma ish (60 daqiqa / 2 topshiriq)

4-bo‘lim: Gapirish (15 daqiqa / 3 qism)

C1 cefr imtihoni tartibi va na’munlalari


TINGLAB TUSHUNISH BO‘LIMI

Ushbu bo‘limning maqsadi autentik va yarim autentik audiomatnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 15-30 soniya vaqt beriladi. Audiomatnlarning umumiy davomiyligi tahminan 35 daqiqani tashkil etadi. Javob varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt belgilanadi.

1-qism (8 savol)

Matn turi: davomiyligi 5-10 soniyali matn, dialogning birinchi qismi.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.

Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

2-qism (6 savol)

Chet tili certifikati bo’yicha boshqa ma’lumotlar

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

3-qism (4 savol)

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 4 ta qisqa monologlar, har bir monologning davomiyligi 30 soniya.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.

Savollar turi: moslashtirish (6 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-qism (5 savol)

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog yoki dialog.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: moslashtirish (8 ta javob variant, uchtasi ortiqcha).

5-qism (6 savol)

C1 cefr imtihoni tartibi va na’munlalari

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 3 ta qisqa dialoglar, har bir dialogning davomiyligi 60 soniya. Har bir dialog uchun 2 savol.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.

Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

6-qism (6 savol)

Chet tili certifikati bo’yicha boshqa ma’lumotlar

Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali ma’ruza.

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.

Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

O‘QISH BO‘LIMI

Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.

1-qism (6 savol)

Matn turi: ommabop materiallar — gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi — 150 so‘z)..

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarni tushunish va yaxlit matn shaklida tasavvur qilish.

Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z).

2-qism (8 savol)

Matn turi: 8 ta gazeta, jurnal, internet reklama matnlari (matn hajmi — 300 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumot olish uchun o‘qish.

Savollar turi: moslashtirish (10 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

3-qism (6 savol)

Matn turi: ommabop materiallar — gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi — 600 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlardagi asosiy fikrlarni tushunish.

Savollar turi: sarlavhalarni paragraflarga moslashtirish (8 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-qism (9 savol)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi — 600 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.

Savollar turi: 21-24-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti).

Savollar turi: 25-29-savollar – to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan.

C1 cefr imtihoni tartibi va na’munlalari

5-qism (6 savol)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi — 600 so‘z).

Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.

Savollar turi: 30-33-savollar – bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

Savollar turi: 34-35-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti).

YOZISH BO‘LIMI

Yozma nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim ikkita topshiriqdan iborat bo‘lib, ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.

1-topshiriq: berilgan vaziyat va tayanch savollar asosida rasmiy xat yozish (150 so‘z).

2-topshiriq: : berilgan muammoli mavzu yuzasidan esse yozish (250 so‘z).

GAPIRISH BO‘LIMI

Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt 15 daqiqani tashkil etadi.

1-qism (1-6 savollar):

shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim.
Bu qism 4 daqiqa davom etadi.

2-qism (7-savol):

Talabgorga berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o‘z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzulardan olinishi kerak.
Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

3-qism (8-12 savollar):

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo`shimcha savollar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.