Об УзбекистанеO`zbekiston

448,9 ming kv.km.

O`zbekiston Aholisi 

31022,5 mln (2015-yil 1-yanvar). Davlat tili — o`zbek tili. Dini — islom. Pul birligi — o`zbek so`mi.

Geografik joylashuvi va tabiati. 

Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va g`arbda — Qozog`iston (chegaraning uzunligi — 2203 km), janubda — Turkmaniston (1621 km) va Afg`oniston (137 km), janubi sharqda — Tojikiston (1161 km), sharqda Qirg`iziston (1099 km) davlatlari bilan chegaradosh.

Chegarasining umumiy uzunligi — 6221 km. O`zbekiston relyefiga ko`ra tekislik va adir-tog` qismlarga bo`linadi. Hududning 4/5 qismini tekisliklar, aksari Turon pasttekisligi ishg`ol qilgan. O`zbekistonning shimoli g`arbida Ustyurt platosi, markaziy qismining sharqida Qizilqum sahrosi joylashgan.

Turon pasttekisli­gi sharqqa tomon davom etib, toglar orasiga kirib borgan: shimolda — Mirzacho`l, o`rta qismida — Qarnob cho`li va Qarshi cho`li joylashgan. Bu cho`llar bora-bora tog`oldi qiya tekisliklariga qo`shilib ketadi. Farg`ona, Ohangaron vodiylari, Sangzor-Nurota soyligi, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo soyliklari tog`lar orasida joylashgan tekisliklardir. O`zbekiston hududidagi tog`lar Tyan-Shan va Hisor-Oloy tog` tizmalariga kiradi. Tizmalarning balandligi 4000 m dan ziyod. Hisor tizmasida joylashgan Hazrati Sulton cho`qqisi (4683 m) O`zbekistonning eng baland nuqtasidir. 

O`zbekiston asosiy daryolari.

Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron.  
Yirik ko`llari: Orol dengizi (global ekologik muammo), Aydarko`l. 
Tabiiy gaz, neft, qo`ng`ir ko`mir, toshko`mir, oltin, kumush, mis, qalay, molibden, marganes, xrom, volfram, vismut, uran, flyuorit, granit, marmar, ohaktosh, kaolin, topaz, feruza, amitist, tog` xrustali, xalsedon, yashma, nefrit, amazonit, rodonit, marmar oniksi — O`zbekiston qazilma boyliklarini tashkil etadi.

O`zbekiston Iqlimi.

Issiq, quruq, kontinental. Janubi subtropik mintaqaga kiradi. O`zbekiston hududida 120 oilaga kiradigan 3700 ga yaqin turdagi yovvoyi o`simliklar uchraydi. Cho`llarda juzg`un, saksovul, iloq, quyonsuyak, cherkez, qumarchiq, biyurg`un, shuvoq, tuyapaypoq; qolgan hududlarda tog`olcha, yong`oq, pista, archa, zarang, do`lana, tol, terak, omonqora, suvqalampir, bargizub, zira, qizilpoycha, zirk, kiyiko`t va boshqa o`simliklar o`sadi. Yumronqoziq, qumsichqon, qo`shoyoq, bo`ri, tulki, jayron, sayg`oq, bo`rsiq, to`ng`iz, morxo`r, arxar, ayiq, bars, chiyabo`ri, sug`ur, sassiqqo`zan, bir necha tur ilon, kaltakesak, zaharli hasharotlar, burgut, qora tasqara, qumoy, boltayutar, qirg`ovul, kaklik, bedana va boshqa qushlar hayvonot olamini tashkil etadi.

O`zbekiston Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari.

Davlat tuzilishi — Respublika. Mamlakat tarkibiga 12 viloyat va Qoraqalpog`iston Respublikasi kiradi. O`zbekiston o`z mustaqilligini 1991-yil 31-avgustda e`lon qilgan. Milliy bayrami — 1-sentabr (Mustaqillik kuni). 
Ijro etuvchi hokimiyat — Prezident (davlat boshlig`i) va Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli.

Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan iborat ikki palatali parlament — Oliy Majlisga tegishli. Siyosiy partiyalari: Xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. 

So`nggi yillarda hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, xususiylashtirish va tadbirkorlikni kengaytirishga, moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashga, milliy valutani mustahkamlashga qaratilgan. Chet el investitsiyalari kirib kelishiga imkoniyatlarning yaratilishi ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga turtki bo`ldi. Sanoatning rivojlangan tarmoqlari: rangli metallurgiya, to`qimachilik, yonilg`i, kimyo, oziq-ovqat, qurilish, mashinasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik. Paxta, bug`doy, sholi, turli meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Tola, tabiiy gaz, rangli metallar, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari, avtomobil, meva va sabzavotlar, qorako`l terilari eksport qilinadi. 2006-yil YIM miqdori 48514 mln dollarni (aholi jon boshiga — 1800 doll.) tashkil etgan.

Asosiy savdo hamkorlari

MDH davlatlari, Germaniya, Yaponiya, XXR, Janubiy Koreya.
Temiryo`llarining umumiy uzunligi — 7000 km dan oshiq, avtomobil yo`llari — 80 000 km.

Toshkent chiroyli shahar.

Республика Узбекистан расположена в междуречье Амударьи и Сырдарьи и занимает площадь 448,9 тыс. кв. км. Протяженность территории республики с запада на восток — 1425 километров, с севера на юг — 930 километров.

Территория на севере и северо-востоке граничит с Казахстаном, на востоке и юго-востоке — с Кыргызстаном и Таджикистаном, на западе — с Туркменистаном, на юге — с Афганистаном. Общая длина государственной границы составляет 6221 километр. Протяженность границ с Афганистаном — 137 км., с Казахстаном — 2 203 км., с Кыргызстаном — 1 099 км., с Таджикистаном — 1 161 км. и с Туркменистаном — 1 621 км.

Rasmiy nomi.

O`zbekiston Respublikasi. Poytaxti — Toshkent shahri.

Hududi.