8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar

Оглавление/Munadarija

8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami – ushbu maqolada eng saralangan she’rlarni joylashtirishga harakat qildik. 8-mart ayollar bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami dan foydalaning.

8-mart ayollarga tabrik she’r

8-mart ayollarga tabrik she'r

Porlab turar yuzlari
Surar shirin hayollar
Bayramingiz muborak
Bugun aziz ayollar

Mehr degan bir ajib
His tuyg`uning bulog`i
Sizlar borki o`chmaydi
Xonadonlar chirog`i

Dardingiz ichga yutib
Doyim kulib turasiz
Mehri daryo chiroyli
Farishtalar bo`lasiz
***
Mayda o`rilgan sochlari
Go`zal shirin so`zlari
Barchangizni qutlayman
O`zbegimning qizlari

Go`zallikning timsoli
Osmonda oy misoli
Oshiq etar o`ziga
Guldan go`zal visoli
***
Sho`xligimiz ko`targan
Azizim jonajonlar
Bahtimizga sog` bo`ling
Mehribon onajonlar
***
Qo`llarimda gul dasta
Ketyapman qoshingizga
Shukr deyman hudoga
Yonimda boringizga

Ko’proq 8-mart she’rlar

Ayollar yaxshi

Ayollar yaxshi

Qorami, sariqmi
Ayol yaxshidur
Semizmi, oriqmi
Ayol yaxshidur

Bichuvchimi, tikuvchimi
O’qituvchimi, o’quvchimi
Sotuvchimi, uchuvchimi
Ayol yaxshidur.

Qora ko’zmi. Ko’k ko’zmi
Ola ko’zmi . Qo’y kuzmi
Bo’ta ko’zmi. Shaxlo ko’zmi
Baribir Ayol yaxshidur.

Extimol aytarsiz
Ey , birodar
Oshirvording sal
Bu ayol zotiga
Maqtovni ko’pimas
Ozrogi afzal…

Lekin…
Saxroga o’xshaydi
Ayolsiz dunyo
Quriydi qaqshaydi
Ayolsiz dunyo
Erkaklar ko’tarolmay
Sukunat yukin
Aqldan ozib
Qolishlari mumkin

Qalbimizda ungan
Baxoriy ko’klam
Bizga dono ayollarning
Yorligidandir
Extimol xayotning
Go’zalligi xam
Dunyoda ayollar
Borligidandir.

Ayollar bayrami she’rlar