Tarix va geografiya yo‘nalishlarida yangi stipendiyasi ta’sis etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida» 2023-yil 25-yanvardagi qarori e’lon qilindi.

Qarorning 8-bandiga ko‘ra:

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tarix va geografiya yo‘nalishlarida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilishi hamda Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi lozimligi keltirilgan.

manba