Chingiz Aytmatov ijodi va “Asrga tatigulik kun” romani haqida

Оглавление/Munadarija

Chingiz Aytmatov ijodi va “Asrga tatigulik kun” romani haqida.

Asrga tatigulik kun

  • Chingiz Aytmatov ijodi va “Asrga tatigulik kun” romani haqida.
  • 1.Sobitjon va Jo’lomon obrazlari ta’rifi va o’xshash jihatlari.
  • 2.Edigey Bo’ron obraziga ta’rif.
  • 3.Nayman ona obraziga ta’rif.

Chingiz Aytmatov o’zining adabiyotdagi faoliyatini qissa yozishdan boshlardi.1957-1958-yillarda Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” va “Jamila” qissalari chop etiladi.Chingiz Aytmatov asarlari 191 tilga tarjima qilingan va jahon klassik asarlar durdonalari safidan joy olgan.Yozuvchining yana bir asari borki,unda faqat bir millatga emas butun insoniyatga daxldor ma’naviy-axloqiy muammolar haqda so’z boradi. Bu asar “Asrga tatiguik kun” romanidir.”Asrga tatigulik kun” romani 1980-yilda yozilgan.”Asrga tatigulik kun “ romani Asil Rashidov tomonidan o’zbek tilliga o’grilgan.Bu romanda Chingiz Aytmatov inson qadrini ,inson uchun insoniylik fazilatlari qanchalik muhim ekanligini Nayman ona fojiasi timsolida tengsiz tarzda ifodalab bergan.

Bu romanda shunday ikkita obraz borki ular bir-biri bilan o’xshash jihatlar namoyon qiladi.Bular:Sobitjon va Jo’lomon obrazlaridir.Bu ikkala obraz ham asarda manqurt sifatida tasvirlanadi.Jo’lomon shunday manqurtki unda faqat odamlarnikiga o’xshagan tashqi ko’rinish bor xolos ammo insoniylik fazilatlari unga begona .Jo’lomon hatto uni dunyoga keltirgan onasini ham tanimaydi,Jo’lomonni jonidan ortiq ko’rgan otasini bilmaydi hatto o’zini ismini ham eslay olmaydi.Bundaylar manqurt deyiladi.Manqurt esa qul hisoblanadi.Jo’lomon hech qachon o’z erkini talab qilmaydi.Unga oila , ota-ona so’zlari begona.

Manqurtlar huddi ko’chadagi daydi hayvonlardek ,faqat qorin g’ami bilan yashashadi.Sobitjonga kelsak u Jo’lomondek xotirasini yo’qotgan emas.U zamonaviy manqurt.U o’z tarixini bilmaydi,insoniy tuyg’ulardan mahrum,milliy-urf odatlarni mensimaydigan o’ta darajada xavfli manqurt.Sobitjon o’z otasining o’lganini eshitgandan keyin ham otasiga hurmati oshmaydi.Aksincha,u otasining janozasiga faqat qarzini uzish uchun boradi.Sobitjonning otasi Kazangapning vasiyatini oyoqosti qilib:”Otamni shuncha uzoqqa olib borib yuramizmi?Shunday katta cho’lda bitta odamga joy topiladi”, – degani uni Jo’lomondan ham yomonroq darajada xavfli manqurt ekanini ko’rsatadi.