Munadarija
Mohlaroyim Nodiraning umr yo’li haqida oddiy rejali insho. Nodira haqida insho.
Nodiraning umr yo’li
Reja:
1.Nodiraning umr yóli
2. Mohlaroyimning ijodiy mеrosi;
3. Mohlaroyim shе’riyatining g’oyaviy xususiyatlari;
4. Sheʼriy mahorat qirralari
shoira, davlat arbobi, madaniyat va adabiyot homiysidir. Shoira 1792 yili Andijon hokimi Rahmonqulbiy oilasida tavallud topdi. Uning onasi Oyshabegim maʼrifatli ayol boʻlgan. Oʻzining oilaviy silsilasiga koʻra Bobur nasliga mansub boʻlib,
shoiraning ota-onasi ham davrning eʼtiborli kishilari edilar.
Mohlaroyimning taʼlim-tarbiyasi shu muhitda kamolotga yetdi va u tahsil yillarida xalqimizning tarixi, madaniyati, ilm va adabiyoti ravnaqidan yaxshigina
xabardor boʻlib oʻsdi.
Tavsiya etamiz : Nodira sherlari va g’azallari
Mohlaroyim sheʼriyatga juda erta havas qoʻydi. Ustoz Navoiy, Jomiy va Bedil kabi allomalarning asarlariga boʻlgan eʼtiqodmandlik bilan ruhan barkamollashib
bordi.
Maʼlumki, bu yillarda Qoʻqon xonligini Olimxon idora qilardi. Uning ukasi
Umarxon esa Fargona vodiysining nufuzli shaharlaridan boʻlgan Margʻilonda hokim edi. 1807 yillarda ilgaridan bir-birlariga koʻngil qoʻyib, sevishib kelgan Umarxon va
Mohlaroyim turmush quradilar. Shu munosabat bilan Mohlaroyim Margʻilonga
keladi.
Koʻp oʻtmay Qoʻqon xonligida davom qilib kelayotgan ziddiyatlar oqibatida
1810 yili Olimxon qatl etilib, uning oʻrniga Umarxon taxtga koʻtariladi. Shundan boshlab Mohlaroyim taqdiri Qoʻqon bilan bogʻlanib qoladi. Uning shoira sifatida keng koʻlamda ijod maydoniga kirib kelishi ham shu yillarga toʻgʻri keldi.
Nodira Qoʻqonda xon saroyida ekan, davlat ishlaridan ham voqif boʻlib
borardi. Xususan, adabiyot va sanʼat ahli bilan yaqinlashishga, qoʻp asrlik
adabiyotimiz yoʻlidan borib, davr sheʼriyatini yuqori koʻtarishga astoydil kirishadi.
Mohlaroyim va Umarxonning oilasida ikki oʻgʻil tugʻiladi. Muhammad Alixon va
Sulton Mahmudxonlar oʻsibulgʻayib boradilar.
Umarxonning 1822 yili bevaqt vafotidan keyin yosh Muhammad Alixon davlatni boshqarishga kirishadi. Nodira ham yosh oʻgʻlining yoniga kirib mamlakatni boshkarish ishida faol ishtirok eta boshladi.
Nodira davlat va mamlakat ishlarini tadbir va adolat bilan idora qilishda homiylik namunalarini koʻrsatarkan, bu yillarda mamlakatda nisbiy osoyishtalik saqlandi. Qoʻshni oʻlkalar va ularning hukmdorlari bilan savdo-sotiq va boshqa
sohalarda kelishuvlar amalga oshirildi. Nodiraning mamlakatdagi qurilishlar sohasidagi olib borgan ishlari, madaniyat va adabiyot borasida koʻrsatgan
tashabbuskorliklari shoira devonining debochasida taʼkidlab oʻtilgan.
Shoira keltirgan bu maʼlumotlarni uning zamondoshlari Nodir, Xotif va Mushrif kabi tazkira va tarix asarlarining mualliflari toʻldiradilar va tasdiq etadilar.
Shoir Nodir Moxlaroyimga bagʻishlab yozgan “Haft gulshan” dostonida uni olimlarga, fozillarga ahamiyat bergani, isteʼdodli shoirlarni ijodga tashviq etgani,
ayniqsa, xotin qizlardan chiqqan shoira va fozilalarni oʻz himoyasiga olgani haqida gapiradi. Oʻsha davrda yashagan qozi Abdunabi Xotifning Nodira haqidagi
xotiralari va shoiraning hayoti hamda ijtimoiy faolyatiga bagʻishlangan, ammo
tamomlanmay qolgan voqeband dostonida shoiraning ilmiy va ijtimoiy faoliyatini
ishonarli dalillar bilan koʻrsatishga harakat qiladi. Xotif “Asar yozishdan maqsadim
Nodiraning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol
ekanligini koʻrsatishdir”, deydi.
Nodiraning madaniyat va adabiyot homiysi sifatidagi sarvarligi alohida taʼkidlanadi: “Umarxon vafotidan soʻng, – deb yozadi.
Tavsiya etamiz : Boshqa mavzularda insholar
Shoiraning yuqorida soʻz borayotgan devonlari qoʻlyozmalarini koʻzdan kechirar ekanmiz, ularda Sharq adabiyoti, xususan, oʻzbek adabiyotining tematikasi, janr xususiyatlariga xos boy manzarani koʻramiz. Ayni paytda Mohlaroyim oʻtmishning teran anʼanalaridan bahramand boʻlib yaratgan gʻoyaviy va badiiy yetuk asarlari alohida diqqatga sazovordir. Mohlaroyim Nodiraning umr yo’li insho.
Savol-javob.com