Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari

Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.