Magistratura bo‘yicha mandat 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda O‘zA maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qat’iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun: bakalavr mandati 17-avgustga qadar chiqishi kerak.