O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

❓ O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

✅ Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” (https://my.uzbmb.uz/university/1) bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

➖ 2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

➖ so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.