Yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi.
20-iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat topshirish jarayoni boshlandi.
Hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi.
📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Ariza;
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
➖ 3.5×4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda).
▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.
☎️ Ayni paytda akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalarining qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi telefon raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:
▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey — +99871 241-72-44;
▪️Namangan viloyat akademik litseyi — +998 69 233-07-20;
▪️Samarqand viloyat akademik litseyi — +998 66 240-94-15.
Tavsiya etamiz : O’qishga qabul