O‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirildi.
Bunga ko‘ra,
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy ta’lim” fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunar turidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.
Tanlab olingan 208 ta maktabda oʻquvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yoʻnalishlardan biri boʻyicha kasb-hunar oʻrgatiladi:
✔ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda),
✔ tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha),
✔ zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yoʻnalishi boʻyicha)