Avval xabar berilganidek , Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan edi.
➖ Unga koʻra, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.
✔️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-22-may kunlari mazkur stajyor-oʻqituvchilar ishtirokida test sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.
👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
➖Ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.
❗️ 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.
👉 Kasbiy sertifikatlash boʻyicha asosiy maʼlumotlar
👉 Sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi