Maktab o’quvchilari o’rtasida 2023 yil olimpiada o’tkaziladi.

maktab oʼquvchilari oʼrtasida umumtaʼlim fanlari boʼyicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi:

▶️ asosiy olimpiada;
▶️qoʼshimcha respublika olimpiadalari;
▶️ onlayn olimpiada;
▶️nufuzli xalqaro olimpiadalar;
▶️ mintaqaviy xalqaro olimpiadalar.

☑️Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda oʼtkaziladi:

▶️ 1-bosqich – maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabrь oyida;
▶️ 2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida oktyabrь oyida;
▶️3-bosqich – Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabrь oyida;
▶️4-bosqich – respublika miqyosida barcha fanlardan aprelь-may oylarida.

🏢 Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari MMTV tomonidan tasdiqlanadi.

4-bosqichda maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich oʼquvchilari qatnashadi.

🎉Har bir fan yoʼnalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-oʼrinlarni egallagan oʼquvchilar gʼolib hisoblanadi.

⚡️Аsosiy olimpiada gʼoliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

❗️ 3-bosqichda gʼolib boʼlgan har bir oʼquvchiga:

● 1-oʼrin – BHMning 6 baravari;
● 2-oʼrin – BHMning 4 baravari;
● 3-oʼrin – BHMning 3 baravari.

❗️4-bosqichda gʼolib boʼlgan har bir oʼquvchiga:

● 1-oʼrin – BHMning 12 baravari;
● 2-oʼrin – BHMning 8 baravari;
● 3-oʼrin – BHMning 6 baravari.

Shuningdek, 4-bosqich gʼoliblariga ixtisoslik fani boʼyicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani boʼyicha mazkur sertifikatni olgan oʼquvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.