Xalqaro olimpiada gʼoliblarini tayyorlagan oʼqituvchilar va direktorlarga bazaviy taʼrif stavkalariga nisbatan:
— oltin medalь uchun 200 foiz;
— kumush medalь uchun 175 foiz;
— bronza medali uchun 150 foiz.
👉 oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʼoliblariga lavozim maoshiga nisbatan — 150 foiz;
👉 oʼqituvchi boʼlib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʼoliblariga lavozim maoshiga nisbatan — 100 foiz;
👉 tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʼlgan pedagog-kadrlarga taʼrif stavkalariga nisbatan — 50 foiz;
👉 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʼlgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga koʼra — 50 foiz;
👉 kasbiy mahoratini baholash boʼyicha oʼtkazilgan test va suhbat natijalariga koʼra eng yuqori ball toʼplagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining — 5.5 barobari;
👉 fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari boʼyicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi toʼlovlariga — 50 foiz;
👉 chet tili fanlari boʼyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʼqituvchilar ish haqiga — 50 foiz ustamalar beriladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi brifingida maʼlum qilindi.